Messi «Inter»ga o'tadimi? «Neradzurri» bosh direktori javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 595
«Inter» bosh direktori Juzeppe Marotta «Barselona» hujumchisi Lionel Messi kelasi yilning yozida "neradzurri" safiga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarga izoh berdi.
«Bu nima, fentezi-futbolmi? Albatta, Messi bizning maqsadimiz emas, o'ylashimcha, Leoning o'zi faoliyatini faqat «Barselona»da davom ettirish tarafdori», — dedi Marotta "Sky Sport Italia" nashriga bergan intervyusida.
Argentinalik futbolchi 2019/20 mavsumda La liga doirasida 33ta o'yinda maydonga tushib, 25ta gol urdi va 21ta golga uzatma berdi. Messining «Barsa» bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!