«Barselona» futbolchilari dam olayotganida, Dembele klub bazasida shug'ullanmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 429
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.
"Mundo Deportivo" tarqatgan xabarga ko'ra, "ko'k-anorranglilar"ning barcha futbolchilari bir haftalik ta'tilda dam olayotganida, frantsiyalik futbolchi klub bazasida shug'ullanmoqda.
Kataloniyaliklar Evropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi doirasida "Napoli"ga qarshi javob o'yinini 8 avgust kuni o'tkazishadi. Jamoa bu bosqichda o'tsa, chorak final uchrashuvini 14 avgust kuni "Bavariya" - "Chelsi" juftligi g'olibiga qarshi maydonga chiqadi. Dembele mana shu o'yinda maydonga tushishga tayyor bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!