Donnarumma: «Milan» sardori bo'lish – men uchun sharaf»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 210
51«Milan» darvozaboni Janluidji Donnarumma «Atalanta»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (1:1) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Hozir jamoaviy o'yin namoyish etyapmiz, jipslashgan holda harakat qilyapmiz, maydonda qanday joylashish kerakligini bilamiz. «Milan» ajoyib ishni amalga oshirdi. Afsuski, bugungi o'yinda bor-yo'g'i 1 ochkoni qo'lga kiritdik, lekin hammasi joyida.
Alessio Romanoli uchun afsusdaman. U ajoyib do'st va yaxshi sardor. Umid qilaman, ushbu mavsumda u bizga yordam bera oladi. «Milan»ning sardorlik bog'ichini taqish – men uchun sharaf.
Maqsadimiz — 5-o'rin. Biz kurashamiz. Yana 2ta final uchrashuvi bizni kutib turibdi», – dedi Donnarumma.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!