Mbappening jarohati qay darajada ekani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 382
"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe Frantsiya kubogi finalida jarohat olgan edi. U bugun tibbiy ko'rikdan o'tdi.
"RMC Sport" jurnalisti Muhammad Buhafsiy tarqatgan xabarga ko'ra, frantsiyalik futbolchining to'piq qismida bog'lamlarga jiddiy shikast etgan.
21 yoshli futbolchining tiklanishi uchun qancha vaqt ketishi hozircha aniq emas. Ammo uning "Atalanta"ga qarshi kechadigan Chempionlar ligasi chorak final uchrashuvida (12 avgust) maydonga tushishi so'roq ostida.
Mbappe joriy mavsumda 34ta o'yinda maydonga tushib, 30ta gol urdi va 17ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!