"Brayton" Lallana uchun kurashda etakchilik qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 234

"Brayton" "Liverpul" yarimhimoyachisi Adam Lallana uchun asosiy da'vogarga aylandi, deya xabar beradi The Times nashri.
Manbada aytilishicha, 32 yoshli futbolchi ushbu klub safiga qo'shilishga yaqin turibdi.
Xabar berilishicha "Lester", "Sautgempton", "Everton" va "Bernli" jamoalari ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, 2014-yildan beri "Liverpul" safida o'ynab kelayotgan futbolchining shartnoma muddati tugaydi, va Lallana 2019/20 mavsum oxirida "Liverpul"ni tark etadi.
Ma'lumot uchun, 2019/20 yilgi mavsumda Lallana "Liverpul" safida 22 ta o'yin o'tkazib 1 ta gol va 2 ta gollik uzatma amalga oshirdi.
Manba: The TimesFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
314