«Barselona» Blan nomzodidan voz kechdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 404

Loran Blan «Barselona»ni boshqarishi mumkin bo'lgan nomzod murabbiylar safidan chiqdi, deya xabar tarqatdi "AS".
Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" sport direktori Erik Abidal vatandoshini jamoa boshqaruviga olib kelish g'oyasini ilgari surdi. Ammo rahbariyat tomonidan ushbu taklif qo'llab-quvvatlanmadi.
Kike Seten iste'foga chiqarilsa, bo'shaydigan o'rinni egallash uchun asosiy nomzod Xavi hisoblanadi. Ammo «Barselona» yaqin oylar ichida uni jamoaga qaytara olmaydi. Ispaniya matbuoti tarqatgan xabarga ko'ra, Seten "Barsa" boshqaruvida yana bir yil qolishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
346