«Barsa» o'z futbolchisini 30 mln evroga «Milan»ga sotmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 425

Huquqiy jihatdan «Barselona»ga tegishli bo'lgan «Betis» himoyachisi Emerson faoliyatini «Milan»da davom ettirishi mumkin.
21 yoshli futbolchining agentlari «rossoneri» vakillari bilan uchrashuv o'tkazishdi. Ammo mazkur uchrashuv hozircha ijobiy natija bermadi. Tomonlar o'rtasidagi muzokara davom etadi.
«Barselona» braziliyalik futbolchini 30 million evrodan kamiga sotmoqchi emas. Muzokaralarda ishtirok etayotganlarga yaqin manbaning aytishicha, 25 million evroga mazkur transferni amalga oshirish mumkin.
Emersonning «Betis»dagi ijara shartnomasi 2021 yilning iyuniga qadar tuzilgan. Ammo «Barsa» andalusiyaliklarga 6 million evro to'lab, futbolchini muddatidan avval ortga qaytarish huquqiga ega.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
353