Gollandiyada yangi mavsum 12 sentyabr kuni boshlanadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 378

Niderlandiya qirollik futbol ittifoqi (KNVB) 2020/2021 yilgi mavsumning boshlanish va yakunlanish muddatini ma'lum qildi.
Chempionat 12 sentyabr kuni «Utrext» — AZ uchrashuvi bilan boshlanib, so'nggi 34-tur o'yinlari 2021 yilning 16 may kuni o'tkaziladi. Shundan so'ng Evropa ligasi yo'llanmasi uchun pley-off bahslari o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, Erediviziyaning 2019/20 yilgi mavsumda koronavirus pandemiyasi tufayli muddatidan avval yakunlangan edi. Niderlandiyada chempion jamoa nomi aniqlanmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
349