«Krotone» A seriyaga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 346

«Krotone» klubi A seriya yo'llanmasini qo'lga kiritgan ikkinchi jamoa bo'ldi.
Jovanni Stroppa jamoasi V seriyaning 36-turidan o'rin olgan bahsda «Livorno»ni 5:1 hisobida mag'lub etdi. Ushbu g'alaba evaziga uchinchi pog'onadagi jamoa «Krotone»ga eta olmaydigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, «Krotone» ilk marta 2016/17 yilgi mavsumda Italiya chempionati yuqori divizionida ishtirok etgan bo'lsa, ikki yillik faoliyatidan keyin V seriyaga qayta tushib ketgan edi.
Avvalroq Filippo Indzagi boshchiligidagi «Benevento» ham A seriya yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
334