"Yuventus"ning asosiy transfer maqsadlari ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 586
«Yuventus» bosh murabbiyi Mauritsio Sarri kelasi mavsum uchun asosiy transfer maqsadlarini aniqlab oldi, deya xabar beradi La Gazzetta dello Sport.
Manbaga ko'ra, klubning asosiy transfer maqsadi — «Chelsi» yarim himoyachisi Jorjinoni sotib olish. Shuningdek, Sarri London klubining yana bir futbolchisi Emersonni (himoyachi) ham o'z jamoasida ko'rmoqchi. Qayd etish joiz, Sarri yuqorida nomlari keltirilgan futbolchilar bilan «Chelsi»dagi faoliyati orqali yaxshi tanish.
Bundan tashqari, italiyalik mutaxassis hozirda 40 mln evroga baholanayotgan «Napoli» hujumchisi Arkadiush Milikni ham o'z jamoasi safida ko'rish niyatida.
Jorjino APLda joriy mavsumda 30 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan bo'lsa, Emerson 15 ta o'yinda maydonga tushib, samarali harakatlari bilan ajralib turmadi. Arkadiush Milik esa A Seriyada 24 uchrashuvda o'z hisobiga 11 ta gol yozdirib qo'ygan