Sulsher: «Lester»ga qarshi o'yinda o'zimizga ishonamiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 199
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher Angliya chempionatining so'nggi doirasida bo'lib o'tadigan "Lester"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Ijobiy natijaga erishish uchun biz shunchaki yuqori saviyada o'ynashimiz kerak. Biz maydonga chiqishni va tashabbusga erishishni istaymiz. Biz o'z uslubimizni o'zgartirmoqchi emasmiz. O'zimizga ishonamiz, chunki so'nggi uchrashuvga yaxshi formada etib kelyapmiz.
Tomoshabinlarsiz futbol — bu butunlay boshqacha. Agar muxlislar bo'lganida ular bizning foydamizga vaziyatni o'zgartirishlari mumkin edi. Chunki, bizning muxlislar — eng zo'ri", - dedi Sulsher "Manchester Yunayted" rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!