«Barselona» Ansu Fatiga yangi shartnoma taklif qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 301

"Barselona" hujumchi Ansu Fatiga yangi shartnoma tayyorlamoqda, deya xabar tarqatdi, Sport.es.
Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar 17 yoshli futbolchiga Evropaning top-klublari tomonidan bo'layotgan qiziqishlardan xavotirga tushishmoqda. Ular orasida "Manchester Yunayted" ham bor. Shu bois, jamoa Fati bilan yaxshilangan shartnoma imzolamoqchi. "Ko'k-anorranglilar" so'nggi marta 2019 yilning yozida Ansu bilan shartnoma imzolagan edi. Endi esa "Barsa"ning hujumchining maoshini oshirmoqchi.
2019/20 mavsumda Fati "Barselona" safida 32ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi. Transfermarkt.com uning narxini 50 million evroga baholagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
363