«Yuventus» etakchi futbolchisi mavsum oxirigacha safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 566

"Yuventus" yarim himoyachisi Duglas Kosta A seriyaning qolgan o'yinlarida maydonga tusha olmaydi. Bu haqda "byankoneri" rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, braziliyalik futbolchi o'ng oyog'ining son qismidan jarohat olib, 2 haftaga safdan chiqdi.
Kosta 15 kundan keyin takroriy tekshiruvdan o'tadi. Bungacha Mauritsio Sarri uning xizmatidan foydana olmaydi. U "Lion"ga qarshi 7 avgust kuni bo'lib o'tadigan Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida javob o'yinini ham o'tkazib yuborishi mumkin.
Kosta joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 29ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 7ta golga uzatma berdi. Avvalroq Duglasning xizmatiga "Manchester Siti" qiziqish bildirayotgani haqida xabar tarqatilgan edi.

Bosh sahifaga
363