Fabino chempionlikni nishonlayotganda, uyini tunab ketishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 407

«Liverpul» yarim himoyachisi Fabinoning uyiga o'g'ri tushdi. Liverpool Echo xabariga ko'ra, ushbu voqea futbolchilari sheriklari bilan Angliya Premer-ligasi chempionligini nishonlayotgan pallada sodir bo'lgan. Ma'lumot uchun, Yurgen Klopp jamoasi 22 iyul, chorshanba kuni «Chelsi»ga qarshi bahs (5:3)dan so'ng bosh sovrinni qabul qilib olgandi.
Politsiya vakillarining ma'lumot berishlaricha, futbolchining uyidan bir nechta zargarlik buyumlari, shuningdek, Audi RS6 avtomobili o'g'irlangan. Mashina keyinroq Uigan atrofida topilgan.
Fabino – uyi tunab ketilgan «Liverpul» futbolchilari orasida yagona emas. Avvalroq shunga o'xshash holat Sadio Manening xonadonida ham ro'y bergan, 2019 yilgi Myunxenning «Bavariya» klubiga qarshi bahs payti yarim himoyachining yo'qligidan jinoyatchilar unumli foydalanishga urinishgan. Bundan tashqari, o'g'rilardan Deyan Lovren, Roberto Firmino, Pepe Reyna, Daniel Agger va Eji Dudek kabilar ham jabr ko'rishgan.
Manba: interfutbol.uz
Bosh sahifaga
372