«Yuve» 9 yil avvalgi antirekordini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 589
«Yuventus» Italiya chempionatining 35-turi doirasida «Udineze»ga imkoniyatni boy berdi (1:2). Turinliklar 42-daqiqada hisobni ochishdi, ammo ikkinchi bo'limda 2ta gol o'tkazib yubordi.
Shu tariqa, "keksa sinora" ushbu mavsum davomida hisobda oldinda borgan o'yinlarda yo'qotgan ochkolari soni 18taga etdi. «Yuve» uchun bu so'nggi 9 mavsumdagi eng yomon natija hisoblanadi.
Bundan tashqari, «Yuventus» A seriyadagi so'nggi 5ta uchrashuvdan faqat bittasida g'alaba qozondi. Shunga qaramay, «byankoneri» jadvalda peshqadamlik qilmoqda. Navbatdagi 3 ochko Sarri jamoasiga Skudettoni taqdim etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!