Sterling «Adidas» bilan shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 562
«Manchester Siti» hujumchisi Rahim Sterling "Adidas" kompaniyasi bilan rekord miqdordagi shartnoma imzoladi, deya xabar tarqatdi "The Times" nashri.
Manbaga ko'ra, angliyalik futbolchi Germaniya kompaniyasidan yiliga 10 million funtdan ortiqroq mablag' oladi. Bu britaniyalik futbolchi uchun rekord miqdordagi shartnoma hisoblanadi.
Rahimning "Nike" bilan amaldagi shartnomasi 31 iyul kuni yakuniga etadi.
Taxminlarga ko'ra, "Adidas" futbolchining «Real»ga o'tishini istamoqda. Eslatib o'tamiz, «qaymoqranglilar»ning texnik homiysi "Adidas" hisoblanadi.
Sterling faoliyati davomida ilk marta APL doirasida 19ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!