Qatarlik investor «Parma»ni sotib olishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 502
Yaqin orada «Parma» klubining xo'jayini o'zgarishi mumkin. Jurnalist Janluka Di Martsio sayti tarqatgan xabarga ko'ra, klub qatarlik investorga sotiladi.
Manbaga ko'ra, klub jamg'arma boshqaruviga emas, Qatarning eng boy Al-Mana oilasi vakili Hishom Solihga o'tadi. Yangi investor «Parma»ning 51% aktsiyasini sotib oladi. Buning uchun esa 5 yil davomida 63 million evro to'laydi. Bu vaqt davomida u aktsiyalarning qolgan 49 foizini ham qo'lga kiritadi.
Ma'lumotlarga qaraganda, «Parma»ning hozirgi egalari ham klubda turli lavozimlarda ishlashda davom etishadi. Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar yakunlanish arafasida turibdi. Klubning sotilgani haqida rasmiy ma'lum mavsum yakunlanganidan keyin e'lon qilinadi.