APLning eterlicha qadrlanmagan futbolchilar ramziy jamoasi tuzildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 679
«The Times» jurnalisti Jeyms Girbrant Angliya chempionatining joriy mavsumida yaxshi o'yin ko'rsatganiga qaramay, etarlicha baholanmagan futbolchilardan tuzilgan ramziy jamoani e'lon qildi.
Ushbu jamoaga top-klublardan Viktor Lindelyof («Manchester Yunayted») va Sesar Aspilikueta («Chelsi») kiritildi. Qolgan o'yinchilar esa o'rtamiyona jamoalar vakillari hisoblanadi.
Darvozabon: Visente Guaita («Kristal Pelas»)
Himoyachilar: Jeyms Tarkovski («Bernli»), Konor Koudi («Vulverxempton»), Viktor Lindelyof («Manchester Yunayted»), Sesar Aspilikueta («Chelsi»), Jorj Boldok («Sheffild Yunayted»)
Yarim himoyachilar: Uilfred Ndidi («Lester»), Oliver Norvud («Sheffild Yunayted»), Emiliano Buendia («Norvich»), Jek Grilish («Aston Villa»)
Hujumchi: Risharlison («Everton»).