«Manchester Siti» rahbarlari transferlar uchun juda katta pul ajratishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 321

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yozgi transfer paytida jamoani kuchaytirishni ko'zlamoqda. Ispaniyalik mutaxassis ikki nafar markaziy himoyachi, Leroy Sanening o'rniga qanot yarim himoyachisi va bir nafar hujumchi sotib olmoqchi. Buning uchun jamoa rahbariyati naq 330 million evro ajratishga tayyor.
Gvardiola va "shaharliklar" sport direktori Chiki Begiristayn sotib olinishi kerak bo'lgan futbolchilar ro'yxatini tuzib chiqdi. Ushbu ro'yxatdan markaziy himoyachilar — Kalidu Kulibali ("Napoli"), Diego Karlos ("Sevilya"), David Alaba ("Bavariya") va Milan Shkrinyar ("Inter"), shuningdek, yarim himoyachilar — Ferran Torres ("Atletiko") va Kay Xavertts ("Bayer") o'rin olishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
238