Jaloliddinovni olayotgan "Lokomotiv" Mariu bilan xayrlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 383

Portugaliyalik yarim himoyachi Joau Mariu "Lokomotiv" safini tark etdi. Bu haqda "temiryo'lchilar" matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Avvalroq, Moskva klubi Joauni "Inter"dan ijaraga olgan edi. Mariu "Lokomotiv" safida 22ta o'yinda maydonga tshishga ulgurdi.
"Loko" futbolchining transfer huquqini sotib olmaslikka qaror qildi. Mariu "neradzurrilar" bosh murabbiyi Antonio Konte rejalariga ham kirmayapti, uning faoliyatini qaerda davom ettirishi ma'lum emas.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Lokomotiv" o'zbekistonlik yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov bilan shartnoma imzolashni xohlayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
279