Firmino 479 kun ichida «Enfild»da ilk marta gol urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 248

Angliya chempionatining 37-turi doirasida «Liverpul» o'z uyida «Chelsi»ni qabul qilib, 5:3 hisobida g'alaba qozondi.
Mersisaydliklarning gollaridan biri hujumchi Roberto Firmino hisobiga yozildi. Braziliyalik futbolchi uchun mazkur gol «Enfild»da o'tkazilgan APL doirasida so'nggi 20ta o'yindan beri kiritilgan to'p bo'ldi.
Shu tariqa, Firminoning 479 kun davom etgan golsiz seriyasiga chek qo'yildi. So'nggi marta Roberto 2019 yilning mart oyida «Tottenxem»ga qarshi o'tkazilgan uy uchrashuvida (2:1) gol urgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
235