21 yoshli Trent Aleksander-Arnold o'zi o'rnatgan APL rekordini yangiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 280

«Liverpul» klubi Angliya Premer Ligasi 37-turida «Chelsi»ni mag'lubiyatga uchratdi (5:3).
Uchrashuvning 55-daqiqasida Trent Aleksander-Arnoldning uzatmasidan keyin Roberto Firmino «qizillar»ning o'yindagi 4-goliga mualliflik qildi.
Bu 21 yoshli futbolchi uchun APL joriy mavsumidagi 13-golli uzatma bo'ldi. Shu tariqa Aleksander-Arnold Premer Liga bir mavsumi davomida eng ko'p samarali uzatma amalga oshirgan himoyachiga aylandi.
2018/19 yilgi mavsumda o'rnatilgan avvalgi rekord (12 ta assist) ham Trentga tegishli edi.
Angliya terma jamoasi himoyachisi joriy mavsum milliy chempionatda 37 o'yin o'tkazdi va to'rtta gol urishga erishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
226