«Yuventus» bugun chempionlikni rasmiylashtirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 589

«Yuventus» klubi navbatdagi chempionlikka yaqin turibdi. Mauritsio Sarri jamoasi bugun bo'lib o'tadigan "Udineze"ga qarshi uchrashuvda g'alaba qozonsa, muddatidan oldin Skudettoni qo'lga kiritadi.
Turinliklar ayni paytda 80 ochko to'plagan holda ikkinchi o'rindagi «Atalanta»dan 6 ochko oldinda borishmoqda. Bergamoliklar hisobida 3ta o'yin qolgan bo'lsa, "Yuve" yana 4ta uchrashuv o'tkazishi kerak.
Shu bilan birgalikda, «Yuventus» o'zaro o'yinlarga ko'ra «Atalanta»dan ustunlikka ega: birinchi davrada "keksa sinora" g'alaba qozongan bo'lsa (3:1), ikkinchi davradagi bahsda durang qayd etilgan edi (2:2).
Shu tariqa, «Yuve» payshanba kuni «Udineze»ni safarda mag'lub etsa, 2-o'rindagi klub bilan farqni 9taga etkazadi va ketma-ket to'qqizinchi marotaba A seriya chempioniga aylanadi.
Eslatib o'tamiz, «Udineze» - «Yuventus» bahsi 23 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 22:30da boshlanadi.



Bosh sahifaga
409