«Rostov» etakchilarni sotishga qaror qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 653

«Rostov» katta o'zgarishlar arafasida turibdi, deya xabar tarqatdi «Sport-Ekspress» jurnalist Vyacheslav Korotkin.
Manbaga ko'ra, klub o'zining rivojlanish yo'nalishini o'zgartirishga qaror qildi. «Rostov» o'zining etakchi futbolchilarini sotish orqali byudjetni tejashni ko'zlamoqda. Chunki viloyat rahbariyati jamoaga moliyaviy jihatdan katta yordam bermoqchi emas.
Ma'lumotlarga qaraganda, «Rostov» birinchi navbatda hujumchi Eldor Shomurodov va yarim himoyachi Matias Normanni transfer qilmoqchi. Boshqa o'yinchilarga taklif tushsa ham jamoa ularni o'rganib chiqadi.
Ammo jamoa bosh murabbiyi Valeriy Karpin hamda rahbariyat o'z lavozimida qolishi kutilmoqda.
«Rostov» Rossiya premer-ligasining joriy mavsumida 5-o'rinni egallab, Evropa ligasi saralash bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.



Bosh sahifaga
408