«Arsenal» Obameyangning maosh borasida talabini qondirishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 262
"Arsenal" klubi rahbariyati hujumchi Per-Emerik Obameyang bilan shartnomani uzaytirish borasida dastlabki taklifni tayyorlamoqda. Eslatib o'tamiz, gabonlik futbolchining amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi.
"The Telegraph" tarqatgan xabarga ko'ra, "kanonirlar" 31 yoshli futbolchining maosh borasidagi talabini qondirishga tayyor. Ya'ni jamoa Obameyangga 250 ming funt miqdorida haftalik maosh taklif qiladi.
Ammo, moliyaviy talabdan tashqari, rahbariyat bosh murabbiy Mikel Artetaga jamoani APLning kuchli to'rtligiga qaytarish uchun etarlicha vaqt berilishiga kafolat berishi kerak.
Gap shundaki, Per-Emerik va ispaniyalik mutaxassis o'rtasida do'stona munosabatlar o'rnatilgan bo'lib, Artetaning shaxsan o'zi Obameyang bilan yangi shartnoma imzolanishini talab qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Per-Emerik Obameyang ketma-ket 2ta mavsumida kamida 20tadan gol urgan "Arsenal" tarixidagi ikkinchi futbolchiga aylandi. Bungacha faqat Terri Anri ketma-ket 5 mavsum davomida "kanonirlar" safida kamida 20tadan gol urgan.