41 yoshli Tyago Silva rekord o'rnatdi

Braziliyalik himoyachi Tyago Silva Portugaliya Kubogi chorak finali doirasida "Portu"ning o'z maydonida Lissabonning "Benfika" jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvida ishtirok etdi. Unda mezbonlar Joze Mourino shogirdlarini minimal hisobda mag'lub etishdi - 1:0.
SporF xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi 41 yosh-u 3 oyligida maydonga tushdi. Tyago bu orqali "Portu" safida maydonga tushgan eng keksa futbolchiga aylandi.
Silva yanvar oyida erkin agent sifatida Portugaliya top-klubi safiga qo'shilgandi. Braziliyalik tajribali futbolchi "ajdarlar" bilan 2026 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan qisqa muddatli mehnat shartnomasini imzoladi.