41 yoshli Tyago Silva Evropa klubiga qaytishni istamoqda

«Fluminense» jamoasi himoyachisi, 41 yoshli braziliyalik futbolchi Tyago Silva Evropaga qaytishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, futbolchi Evropa klublaridan biriga erkin agent sifatida o'tishi mumkin. Tyago Silva oilasiga yaqinroq bo'lishni xohlamoqda va bu borada Evropa aniq ustuvor yo'nalish hisoblanadi.
Silva 2024 yildan buyon «Fluminense» safida to'p surib kelmoqda. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilga qadar amal qiladi. Ilgari u «Chelsi», «PSJ», «Milan», «Portu» va boshqa qator jamoalarda ham faoliyat yuritgan.
Joriy mavsumda Tyago Silva barcha musobaqalarda jami 46 ta o'yinda ishtirok etdi. Ushbu uchrashuvlarda u 4 ta gol urib, 1 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.