Italiya shu mavsumning o'zidayoq muxlislarni stadionga qaytarmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 269
Italiya A seriyasida muxlislar tribunaga qaytishga tayyorlanmoqda.
Mahalliy matbuotning xabar berishicha, endi A Seriyaning barcha klublari muxlislarni tribunalarga qaytarish g'oyasiga ijobiy munosabatda. Muxlislar ushbu mavsum doirasida stadionlarga tashrif buyurishlari mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Xavfsizlik masalalari bo'yicha ishlar olib borilmoqda. Liga tribunalarda muxlislarning qancha foiziga ruxsat berish masalasini hal qilishi kerak.
Italiya futbol federatsiyasi prezidenti Gabriele Gravina yaqin orada vakolatli organlar bilan muhim uchrashuvlar o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!