Grizmanning kelasi mavsum uchun taqdiri aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 697
«Barselona» klubi hujumchi Antuan Grizmanning kelajagi borasida bir qarorga keldi.
Sport.es tarqatgan xabarga ko'ra, «ko'k-anorranglilar» rahbariyati o'yinchi bilan uchrashuv o'tkazib, kelasi mavsumda undan umidlari katta ekanini ma'lum qilishdi.
Avvalroq Grizmann «PSJ», «Inter» yoki «Yuventus»ga o'tishi mumkinligi haqida xabar tarqalgan edi.
Grizmann 2019 yilning yozida 120 mln evro evaziga «Atletiko»dan «Barselona»ga o'tgan edi. Joriy mavsumda u La liga doirasida 9ta golga mualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!