APL. London derbisida «Chelsi» g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 282
Angliya chempionatining 34-turidan o'rin olgan «Kristal Pelas» va «Chelsi» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi.
Lempard shogirdlari uchrashuvning 6-daqiqasida Jiruning goli evaziga hisobni ochishgan bo'lsa, 27-daqiqada Kristian Pulishich hisobdagi farqni ikkita oshirdi.
Oradan ko'p o'tmasdan "Pelas" bitta javob to'piga mualliflik qildi. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida esa jamoalar qandaydir bir daqiqa ichida bir martadan gol urishga muvaffaq bo'lishdi. Natijada o'yindagi intriga saqlanib turdi.
Ikkinchi taymga qo'shib berilgan daqiqalarda mezbonlar hisobni tenglashtirishga yaqin kelishdi. Ammo to'p ustunga tegib qaytdi.
Ushbu g'alabadan keyin "Chelsi" o'z ochkolarini 60taga etkazib, jadvalda 3-o'ringa ko'tarilib oldi.
Angliya premer-ligasi, 34-tur
Kristal Pelas – Chelsi 2:3 (1:2)
Gollar: 0:1 – 6 Jiru, 0:2 – 27 Pulishich, 1:2 – 34 Zaa, 1:3 – 71 Abraxam, 2:3 – 72 Benteke.
Kristal Pelas – Guaita, Uord, van Anxolt, Keyxill (Sako, 8), Denn, Milivoevich (Mayer, 89), Kuyate, Makartur (Makkarti, 80), Zaa, Benteke, Ayyu (Taunsend, 80).
Chelsi – Arrisabalaga, Kristensen, Aspilikueta, Zuma, Djeyms, Gilmor (Jorjino, 80), Barkli (Loftus-Chik, 65), Pulishich, Maunt, Villian, Jiru (Abraxam, 65).
Ogohlantirish: Milivoevich (35).