Muhsin Muhammadiev: «Bizda futbolchilar etishmayapti»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 185
"Buxoro" bosh murabbiyi Muhsin Muhammadiev Superliganing 8-turi doirasida bo'lib o'tgan "So'g'diyona"ga qarshi o'yin borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Bizda futbolchilar etishmayapti, o'yin davomida bir himoyachimiz jarohat oldi, uni kecha yoshlar jamoasi safida maydonga tushgan futbolchi bilan almashtirdim. Ikki futbolchimiz jarohatda, to'rt legionerimiz ma'lum sabablarga ko'ra kela olishmayapti. Mana shunday holatda biz bahslarda qatnashyapmiz.
Birinchi golda qoidabuzarlik yo'q edi, hakam qoida buzildi deb topdi. U erda toza to'pga o'ynaldi. Bunday vaziyatlar o'yinga ta'sir qilmay qolmaydi, garchi biz hisobni keyin tenglashtirgan bo'lsakda.
Katta tanaffusdan keyin vaqtida etarlicha tayyorgarlik ko'rmaganimiz, ya'ni tayyorlanishga vaqt etmagani futbolchilarda jarohatlar ko'payishiga olib keldi. Bu haqida biz bir necha bor ta'kidlagan edik", — dedi Muhammadiev.