Superliga. "Bunyodkor" o'zida "Navbahor"ni engdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 212
O'zbekiston Superligasi 8-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" hamda "Navbahor" jamoalari o'rtasidagi o'yin nihoyasiga etdi. Mazkur o'yinda maydon egalari 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvni Abramov shogirdlari ancha faol boshlashdi. Dastlabki 15 daqiqada mexmonlarga umuman oldinga o'tishga yo'l qo'yishmadi.
O'yining 24 daqiasida "qaldirg'ochlar" himoyachisi Ahmadaliev jarima maydoni tashqarisidan zarba yo'llab hisobni ochishga erishdi. Oradan 4 daqiqa o'tib, Erkinov oradagi farqni yana bittaga oshirib qo'ydi. Jamoalar tanaffusga shu hisobda yo'l olishdi.
Ikkinchi bo'limni Kanchelskis shogirdlari faolroq boshladi. Bu 58-daqiqada o'z samarasini berdi. Ahmedovning uzatmasidan so'ng Golban bosh bilan Sarvar darvozasini ishg'ol qildi va hisobni qisqartirdi.
O'yinning so'nggi daqiqalarida "Bunyodkor" raqibni qarshi hujumda jazoladi. Abduraimov-Pardaev-Nurmuradov kombinatsiyasi gol bilan yakunlandi, 3-1.
SUPERLIGA. 8-TUR
«BUNYoDKOR» – «NAVBAHOR» - 3:1
7 iyul. Toshkent. «Bunyodkor» stadioni.
Gollar: Dilshodbek Ahmadaliev, 24 - 1:0. Shahboz Erkinov, 28 - 2:0. Igor Golban, 58 - 2:1. Selim Nurmuradov, 87 - 3:1.
Ogohlantirishlar: Dilshod Ahmadaliev (60) — O'tkir Yusupov (81), Shohruh Mahmudhojiev (81)
«BUNYoDKOR» 71. Sarvar Karimov, 3. Islomjon Qobilov, 5. Ibrohim Halil Yo'ldoshev, 7. Dilshodbek Ahmadaliev, 8. Jasurbek Jaloliddinov (Farrux Ikromov 61), 11. Rasul Yo'ldoshev (Sardor Abduraimov 84), 13. Lutfulla To'raev, 17. Sanjar Qodirqulov, 30. Abdulla Abdullaev, 48. Valeriy Akopov (Selim Nurmuradov 61), 90. Shahboz Erkinov (Bahodir Pardaev 76).
«NAVBAHOR» 1. O'tkir Yusupov,7. Azimjon Ahmedov,9. Ivan Solovev ( Abbosjon G'ulomov 46), 10. Azizbek Turg'unboev,11. Islombek Isoqjonov (Ruslan Bolov 46), 19. Mirzohid G'ofurov,22. Igor Golban,27. Islom Rashidxonov (Shohruh Mahmudhojiev 79), 28. Xurshidbek Muxtorov, 33. Tohirjon Shamsiddinov (Obid Jo'raboev 79), 95. Zabihillo O'rinboev (Javlon Ibrohimov 46)
Bosh hakam: Asker Najafaliev.