Mourinyu Loris - Son Xyong Min mojarosiga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 812

«Tottenxem» bosh murabbiyi Joze Mourino «Everton»ga qarshi o'yinda darvozabon Ugo Loris va hujumchi Son Xyong Min o'rtasida yuz bergan mojaroga o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Bu ajoyib. Ehtimol, bu bizning suhbatlarimiz oqibatida yuz bergandir. Agar bunda kimnidir ayblash kerak bo'lsa, meni ayblang. Men ularni tanqid qilgandim, chunki ular o'zlariga nisbatan talabchan bo'lishmagan edi. Men ulardan bir-birlariga nisbatan talabchan bo'lishni ham so'ragandim. Son — qoyilmaqom yigit. U hammaga yoqadi. Lekin klub sardori undan jamoadoshlariga ko'proq uzatma berishni so'radi. Shunday qilsa, jamoa o'sishga erishadi. O'sish uchun esa shaxslar kerak", — dedi Mourino.
A post shared by Stadion.Uz (@stadionuz) on Jul 6, 2020 at 7:53pm PDT
Manba: football.kulichki.net
Bosh sahifaga
208