Habib Nurmagomedov otasining o'limi haqida: «Qo'ldan kelgan barcha ishni qildik»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 586

Dog'istondagi Kirovoul qishlog'ida Abdulmanap Nurmagomedovning dafn marosimi bo'lib o'tdi.
Marosim vaqtida Habib Nurmagomedov Chechenistoni rahbari Ramzan Qodirov bilan suhbat qurdi.
«Sizdan minnatdormiz, katta rahmat. Qo'limizdan kelgan barcha ishni qildik.
Buni yodda saqlash, bilish kerak. Bu xalqlarimizni birlashtiradigan omil bo'lib xizmat qilsin. Yaratgan tomonidan peshonanga yozilganini o'zgartirolmaysan, hammasi uning qo'lida!», — deydi Nurmagomedov.
Engil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning otasi 3 iyul kuni vafot etgandi. Avvalroq mutaxassisning koronavirusga chalingani ma'lum bo'lgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203