Meyson Grinvuddan ajoyib natija
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 296
«Manchester Yunayted» 4 iyul kuni «Old Trafford»da «Bornmut»ni qabul qilib, 5:2 hisobida g'alaba qozondi.
Mankunianliklarning yosh hujumchisi Meyson Grinvud mazkur bahsda "dubl"ga erishdi. Natijada 18 yoshli futbolchining "MYu" safidagi joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida urgan gollari soni 15taga etdi.
Shu tariqa, Grinvud so'nggi 37 yil ichida bir mavsumda 15ta gol urgan "Yunayted"ning eng yosh futbolchisiga (18 yoshu 277 kun) aylandi. 1983 yilda esa 18 yoshu 19 kunlik Norman Uaytsayd mazkur marrani zabt etgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!