Shomurodov nima uchun «Krilya Sovetov»ga qarshi o'yinda ishtirok etmagani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 345
Rossiya chempionatining 26-turi doirasida "Rostov" klubi Samarada "Krilya Sovetov" mehmoni bo'lib, golsiz durangga imzo chekdi.
Kecha bo'lib o'tgan uchrashuvda Eldor Shomurodov maydonga tushmadi. Boisi, sariq kartochkalar yig'ilib qolgani bois o'zbekistonlik futbolchi "Krilya"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yubordi.
25-tur doirasida "Krasnodar"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yindagi ogohlantirish Shomurodov uchun mavsumdagi to'rtinchisi bo'lgan edi. Shu sababga ko'ra, u bitta o'yindan iborat diskvalifikatsiyani o'tadi.
"Rostov" kechagi durangdan keyin 43 ochko bilan jadvalda 4-o'rinni egallab turibdi. TsSKA esa "Axmat"ni mag'lub etib, rostovliklarga etib oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!