Tezkor! "Liverpul" — Kloppning so'nggi klubi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 443

Angliyaning "Liverpul" klubi — Yurgen Kloppning murabbiylik faoliyatidagi so'nggi klub. Bu haqda nemis mutaxassisining o'zi ma'lum qildi.
“Men qariganimda mashq qilishni xohlamayman. Ilk bor mashg'ulotlarni boshlaganimda bu sohada 25 yil ishlashni rejalashtirgandim.
Men "Maynts"da etti yarim yil, Dortmundning "Borussiya"sida esa etti yil ishladim. "Liverpul" bilan shartnomam muddati tugagach, men 23 yarim yil davomida ishlagan hisoblanaman. Menimcha, bu etarli vaqt.
"Liverpul"dan ketgandan keyin boshqa biron bir jamoaga murabbiylik qilish niyatim yo'q”, — dedi Klopp.
Ma'lumot uchun, Yurgenning "qizillar" bilan shartnomasi 2024 yilda tugaydi.
Manba: football24.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
254