Balotelli «Marsel» safidagi birinchi o'yinda gol urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7503

Mario Balotelli «Marsel»ga o'tganidan keyin kecha debyutga qilishga ulgurdi. 28 yoshli futbolchi «Lill»ga qarshi o'yinning ikkinchi bo'limida maydonga tushdi.
O'yinga qo'shib berilgan daqiqalarda italiyalik futbolchi gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ammo marselliklar bu bahsda imkoniyatni boy berishdi (1:2). O'yinning 67-daqiqasidan boshlab "Marsel" maydonda bir kishi kam bo'lib o'ynadi.
Ushbu g'alabadan keyin "Lill" o'z ochkolarini 43taga etkazib, o'zi egallab turgan 2-pog'onani mustahkamlab olgan bo'lsa, "Marsel" 31 ochko bilan 7-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
372