Juma kuni Portugaliya terma jamoasining oktyabr oyidagi yig'ini uchun tarkibi e'lon qilindi.

"Evropa Braziliyasi" ustozi Roberto Martines quyidagi futbolchilarni chaqirgan:

Diogu Koshta, Ruy Silva, Sa – Dalot, Semedu, Diash, Inasiu, Antoniu Silva, Veyga, Mendesh – Palinya, Ruben Nevesh, Vitinya, Joau Nevesh, Nunes, Brunu Fernandesh, Bernardu Silva, Pote – Trinkau, Leau, Konseysau, Netu, Felish, Ramush, Ronaldu.

Ko'rib turganimizdek, 40 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu yana terma jamoaga chaqiruv oldi.

Shu oyda Portugaliya terma jamoasi jahon chempionati saralashida ikkita o'yin o'tkazadi. Raqiblar - Irlandiya (11 oktyabr) va Vengriya (14 oktyabr). Portugaliyaliklarning ikkala o'yini ham uyda bo'lib o'tadi.