40 yoshli Ronaldu so'nggi 9 ta o'yinning 8 tasida gol urgan

Krishtianu Ronaldu so'nggi to'qqizta o'yinning faqat bittasida gol ura olmadi.
Portugaliyalik forvard bugun JCh-2026 saralashida Vengriya darvozasini penaltidan ishg'ol qildi.
O'tgan mavsumni qo'shib hisoblaganda, 40 yoshli hujumchi "An-Nasr" va Portugaliya safida o'tkazgan so'nggi 9 o'yinning har birida sermahsul harakat qildi. U ettitasida bittadan gol urdi, 6 sentyabr kuni dubl qayd etdi va yana bir o'yinda golli uzatmani amalga oshirdi.