40 yoshli Ronaldu o'zi ishtirok etgan so'nggi 8 ta o'yindan 7 tasida gol urdi

Krishtianu Ronaldu klub va terma jamoadagi so'nggi 7 o'yinning 6 tasida gol urgan.
Portugaliyalik forvard bugun JCh-2026 saralashi doirasidagi o'yinning 21-daqiqasida Armaniston darvozasini ishg'ol qildi.
O'tgan mavsumni qo'shib hisoblaganda, 40 yoshli hujumchi "An-Nasr" va Portugaliya safidagi so'nggi 8 o'yinning har birida sermahsul harakat qildi. Ularning ettitasida u bittadan gol urdi, yana birida golli uzatmani amalga oshirdi.