Meksika terma jamoasi darvozaboni Gilermo Ochoa Kiprning AEL klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

40 yoshli futbolchi tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgach, shartnoma imzolaydi.

Ochoaning so'nggi klubi Portugaliyaning ABC CAD jamoasi bo'lib, u 2024/25-yilgi mavsumda 23 ta o'yinda maydonga tushib, 45 ta gol o'tkazib yuborgan va 6 ta o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Bungacha Gilermo "Amerika" (Mexiko), "Ayachcho", "Malaga", "Granada", "Salernitana" va "Standard" sharafini himoya qilgan.

Ochoa Meksika terma jamoasi safida 152 ta o'yin o'tkazgan.