"4:0 yoki 5:0 hisobida oldinda borishimiz mumkin edi". Mourinyu "Real"ning "Inter"ga qarshi o'yindagi g'alabasi haqida gapirdi

"Futbolchilar fantastik ishni bajarishdi va murakkab sharoitda kechgan og'ir o'yinda g'alaba qozonishdi, deb o'ylayman. Bu zerikarli uchrashuv bo'lmadi.
Biz birinchi bo'limning oxirgi daqiqasida 3:0 hisobida oldinda borishimiz va, ehtimol, hisobni 4:0 yoki 5:0 ga aylantirishimiz mumkin edi. Futbolchilarimni maqtamoqchiman, chunki pressing - bu jamoa mashg'ulotlarda shug'ullanadigan narsadir. Pressing uchun qulay fursatlarni, qanday pressing qilishni, qayerda va qaysi o'yinchilarga nisbatan pressing qo'llashni tanlaymiz", - dedi Mourinyuning so'zlarini Madrid Universal X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Keyingi turda "Real" 14 oktyabr kuni safarda "Roma" bilan uchrashadi.
Kommentariyalar