APL klubi Ronaldu uchun 120 million evro to'lashga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 422
Londonning "Chelsi" klubi Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda Don Balon nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, "ko'klar" rahbariyati Ronaldu uchun 120 million evro to'lashga tayyor. "Chelsi" klub egasi Roman Abramovich futbolchining agenti Jorje Mendesh bilan yaxshi munosabatdaligidan foydalanmoqchi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Ronaldu mavsum so'nggida "Yuventus"ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!