Andrey Kanchelskis: "G'alabani qo'ldan chiqarish juda ham alamli"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 556

Superliga 4-turidan o'rin olgan “Nasaf” hamda “Navbahor” jamoalari o'rtasidagi o'yindan so'ng mehmonlar ustozi Andrey Kanchelskis uchrashuv haqidagi o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Ikki bor hisobda oldinda bora turib, g'alabani qo'ldan chiqarish juda ham alamli. Penaltini aniq amalga oshirganimizda, ishimiz biroz engillashar edi. Nima bo'lganda ham yigitlarga rahmat aytaman. “Nasaf” yaxshi shakllangan, iqtidorli futbolchilarga ega bo'lgan jamoa sanaladi va ularga qarshi o'ynash doim qiyin bo'lgan.
Mavsum boshidan taqvim juda og'ir kelgan edi. “Paxtakor”, “Andijon” va “Nasaf”ga qarshi safar o'yinlari shular jumlasidan. Bu – futbol. Oldinga harakatlanishda, kelgusi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'rishda, xatolar ustida ishlashda davom etamiz”, - dedi rossiyalik mutaxassis.
Manba: pfl.uz
Bosh sahifaga
222