Bundesliga. «Bayer» va «Shalke» murosa yo'lini tanlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 569

Bundesliganing 31-turida "Shalke" "Bayer"ni qabul qildi va durrang o'ynadi.
"Shalke" jarima maydonchasi ichida Daniel Kalyuriurining goli evaziga hisobni ochdi, ammo Xuan Miranda to'pni o'z darvozasiga aniq yo'llab avtogol evaziga Baer hisobni tenglashtirdi 1:1.
Devid Vagner shogirdlari halokatli seriyasini g'alabasiz davom ettirmoqdalar. "Shalke" Bundesligada oxirgi marta 17-yanvar kuni g'alaba qozongan edi.
Eslatib o'tamiz, "Shalke" o'zining navbatdagi uchrashuvini 17-iyun kuni safarda "Ayntraxt"ga qarshi o'tkazadi, "Bayer" o'sha kuni o'z uyida "Kyoln" bilan o'ynaydi.
Bundesliga. 31-tur
"Shalke" - "Bayer" 1:1
Gollar: Kalijuri (51, penaltidan), Miranda (81, avtogol).
"Shalke" : Nyubel – Kenni, Kabak, Oshipka, Miranda – Kalijuri (Xoffmann, 89), Makkeni, Shepf, Bozdogan (Bekker, 69) – Bujelab (Merkan, 88), Kutuju (Gregorich, 73).
"Bayer" : Gradetski – Vayzer, Tapsoba, S. Bender, Vendell – Arangis (Baumgartlinger, 85), Demirbay (Paulino, 75) – Amiri (Sinkgraven, 70), Xaverts (Folland, 70), Diabi – Alario.
Ogohlantirishlar: Miranda, Kabak, Kalijuri, Makkeni – Alario.
Manba: Bundesliga.com
Bosh sahifaga
223