Masharipovdan Golbangacha. Superliganing eng qimmat futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 753
Koronavirus pandemiyasi sabab mart oyida to'xtab qolgan Superliga bahslari uch oylik tanaffusdan so'ng davom etadi.
13 iyun kuni musobaqaning 4-turi boshlab beriladi. Mavsum restartidan avval O'zbekiston chempionatining eng qimmat futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoani e'tiboringiz havola etamiz.
Transfermarkt ma'lumotlari asosida tuzilgan mazkur ramziy terma jamoadan 8 nafar «Paxtakor» futbolchisi o'rin oldi. Shuningdek, bir nafardan «Navbahor», OKMK va «Lokomotiv»ning legioner futbolchilari terma jamoadan o'rin oldi. Uning umumiy qiymati 8,45 million evroga teng bo'ldi.
Ramziy terma jamoadagi eng qimmat o'yinchi «Paxtakor» qanot hujumchisi Jaloliddin Masharipov bo'ldi. Nemis portali futbolchini 1,4 million evroga baholagan.
Superliganing eng qimmat o'yinchilaridan iborat ramziy terma jamoa:
Darvozabon: Sanjar Quvvatov («Paxtakor»);
Himoyachilar: Farruh Sayfiev («Paxtakor»), Igor Golban («Navbahor»), Egor Krimets («Paxtakor»), Hojiakbar Alijonov («Paxtakor»);
Yarim himoyachilar: Yovan Jokich (OKMK), Kaxi Maxaradze («Lokomotiv»), Odil Hamrobekov («Paxtakor»);
Hujumchilar: Jaloliddin Masharipov («Paxtakor»), Doston Hamdamov («Paxtakor»), Igor Sergeev («Paxtakor»).