Bundesliga. «Leyptsig» Olmoning gollari evaziga 3 ochko oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 348

Germaniya chempionatining 31-turiga start berildi. «Xoffenxaym» o'z uyida «RB Leyptsig»ni qabul qilib, imkoniyatni boy berdi.
Mehmonlarning uchrashuvning boshidayoq o'yin taqdirini hal qilib qo'yishdi. Bahsning 9 va 11-daqiqalarida Dani Olmo mehmonlar darvozasini ikki marta ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi.
«Leyptsig» bugungi g'alabadan so'ng o'z ochkolarini 62taga etkazib oldi. Jamoa ikkinchi pog'onadagi "Borussiya Dortmund"ni ta'qib qilishda davom etadi.
Germaniya chempionati, 31-tur
Xoffenxaym – RB Leyptsig 0:2 (0:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 9 Olmo, 0:2 – 11 Olmo.
Xoffenxaym – Baumann, Kaderjabek, Posh, Bichakchich, Tsuber (Skov, 46), Grillich, Samasseku (Kramarich, 46), Baumgartner (Bruun Larsen, 68), Rudi, Gayger (Akpoguma, 81), Dabbur (Bebu, 62).
RB Leyptsig – Gulachi, Anxelino, Xalstenberg, Mukiele, Klostermann, Laymer (Nkunku, 62), Zabittser (Konate, 78), Kampl (Adams, 68), Olmo (Aydara, 78), Verner, Shik (Lukman, 68).
Ogohlantirishlar: Samasseku (3), Klostermann (26), Tsuber (33), Nkunku (75).

Bosh sahifaga
221