«Bavariya» yarim himoyachisi operatsiya qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 382
«Bavariya» yarim himoyachisi Tyago Alkantara jarrohlik amaliyotiga murojaat qilishiga to'g'ri keldi. Ispaniyalik futbolchining chov qismida operatsiya qilingani uchun 3 hafta maydonga tusha olmaydi. Bu haqda myunxenliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ma'lumot berdi.
«Alkantaraning chov qismi operatsiya qilindi. U uch hafta maydonga tusha olmaydi. Biz operatsiyani aynan hozir qilishga qaror qildik. U Germaniya kubogi finalida maydonga qaytishi mumkin», — dedi Flik.
Eslatib o'tamiz, Germaniya kubogi finali 4 iyul kuni bo'ladi. Myunxenliklarga «Bayer» raqiblik qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!