«Metallurg» jamoasi a'zolari koronavirusga test topshirishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 438
Superliganing 4-turidan o'rin olgan “Lokomotiv” jamoasiga qarshi o'yin oldidan “Metallurg” jamoasi vakillari — murabbiylar, futbolchilar, rahbariyat tarkibi Covid-19ga test topshirdi.
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash Vazirligi huzuridagi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga qarashli Bekobod shahar SEOM xodimlari klubimiz istiqomat qilayotgan qarorgohda belgilangan tartibda jamoamiz vakillaridan test tahlillarini olishdi.
Tahlil natijalariga ko'ra, klubning barcha vakillarida koronavirus infektsiyasi yo'qligi aniqlandi va endilikda jamoamiz “Lokomotiv”ga qarshi o'yinni o'tkazish uchun Toshkent safariga tayyorgarlik ko'rishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!